yandex
Tilla probasi va rangi: raqamlar hamda jilolar nimani anglatadi? - LOMBARD KRISTAL KREDIT

Ariza qoldirish

Итоговая сумма: 0 UZS

Tilla probasi va rangi: raqamlar hamda jilolar nimani anglatadi?

Проба и цвет золота: что означают цифры и оттенки

Zargarlik buyumlarida kichik raqamlarni — 585, 750 yoki hatto 999 ni ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Bu shunchaki belgi emas, balki buyum tarkibi haqidagi muhim ma’lumotdir.

Keling, barchasini ortiqcha murakkabliklarsiz, hayotda haqiqatdan ham kerak bo‘ladigan tarzda ko‘rib chiqamiz.

Proba nima va u nima uchun kerak?

Proba — bu buyum tarkibidagi sof tilla miqdorining ko‘rsatkichidir. Oddiy tilda aytganda, bu qotishmadagi tillaning foizdagi ulushidir.

Masalan:
585-proba — buyumda 58,5% sof tilla borligini anglatadi. Qolgan qismi esa qo‘shimchalardan iborat.
750-proba — tarkibida 75% tilla borligini anglatadi.
999-proba — deyarli sof tilla bo‘lib, u zargarlik buyumlarida emas, ko‘proq quymalarda (slitkalarda) uchraydi.

Shu o‘rinda mantiqiy savol tug‘iladi: nima uchun umuman boshqa narsalarni qo‘shish kerak? Nega zargarlik buyumlarini sof tilladan yasash mumkin emas?

Javob oddiy — uning yumshoqligi tufayli. Sof tilla osongina egiladi, chiziladi va shaklini yo‘qotadi. Bunday metalldan yasalgan taqinchoq tezda "plastilin"ga aylanib qolgan bo‘lardi. Shuning uchun zargarlar boshqa metallarni qo‘shadilar — bu jarayon legirlash, qo‘shilmalarning o‘zi esa ligatura deb ataladi.

Ligatura tillaga qanday ta’sir qiladi?

Ligatura bir vaqtning o‘zida ikkita vazifani hal qiladi:


Birinchidan — buyumni mustahkam va taqishga yaroqli qiladi, ikkinchidan — uning rangini o‘zgartiradi.

Mana shu joyda eng qiziqarli qism boshlanad

Ko‘pchilik tillaning rangi uning probasiga bog‘liq deb o‘ylaydi. Aslida esa unday emas. Rang aynan qo‘shilgan metallar tarkibi bilan belgilanadi.

Nima uchun tillaning ranglari har xil bo‘ladi?

Rang probaning o‘ziga emas, balki tarkibga qaysi metallar qo‘shilganiga bog‘liq.

Sariq tilla
Klassik variant. Tilla, kumush va mis aralashmasi. Universal hisoblanadi, "qimmatbaho" va ko‘z o‘rgangan ko‘rinishga ega.

Oq tilla
Tarkibida palladiy, nikel yoki platina mavjud. Ko‘pincha ustidan rodiy bilan qoplanadi — aynan shu narsa kumush yoki platinaga o‘xshash sovuq yaltiroqlikni beradi.

Qizil tilla
Bu yerda mis miqdori ko‘proq. Shuning uchun uning jilosi issiq, to‘yingan va biroz "vintaj" uslubini eslatadi.

Yashil tilla
Nodir variant. Tarkibida kumush ko‘proq (ba’zan kadmiy bilan). Rangi mayin, biroz yashil jiloga ega.

Buni tushunish muhim

Rang — bu sifat degani emas.
585-proba sariq, oq yoki qizil bo‘lishi mumkin — barchasi tilla miqdoriga emas, balki ligatura tarkibiga bog‘liq.

Proba tizimlari qanday bo‘ladi?

📌 Metrik tizim — biz o‘rgangan 585, 750.
📌 Karad tizimi — 14K, 18K (AQSH va Yevropada qo‘llaniladi).
📌 Zolotnik tizimi — eski tizim, hozirda ishlatilmaydi.

Mo‘ljal olish uchun:
585 ≈ 14K
750 ≈ 18K

Buni hayotda qanday qo‘llash mumkin?

- Mustahkamlik va har kuni taqish uchun → 585-probani tanlang
- "Qimmatbaho" ko‘rinish va yuqori tilla miqdori zarur bo‘lsa → 750-proba.
- Investitsiya uchun → 999-proba (lekin zargarlik buyumlari uchun emas).

Eng asosiy jihat: Zargarlik buyumini baholashda, birinchi navbatda, uning probasiga, keyin esa tashqi ko‘rinishiga qaraladi. Rang — bu uslub (stildur). Proba esa — haqiqiy qiymatdir.