{"id":700,"date":"2026-09-03T15:33:56","date_gmt":"2026-09-03T10:33:56","guid":{"rendered":"https:\/\/kristalkredit.uz\/?post_type=news&#038;p=700"},"modified":"2026-09-03T16:04:19","modified_gmt":"2026-09-03T11:04:19","slug":"lombarddagi-baholashning-togriligini-qanday-tekshirish-mumkin","status":"publish","type":"news","link":"https:\/\/kristalkredit.uz\/uz\/news\/lombarddagi-baholashning-togriligini-qanday-tekshirish-mumkin\/","title":{"rendered":"Lombarddagi baholashning to\u2018g\u2018riligini qanday tekshirish mumkin?"},"content":{"rendered":"<p class=\"wp-block-paragraph\">Tillani sotish yoki taqinchoqlar garovi evaziga mikrokredit rasmiylashtirish \u2014 bu moliyaviy bitim. Bunday vaziyatda faqat xodimning xushmuomalaligi yoki chiroyli peshlavhaga ishonib qolmaslik kerak. Agar sizda ozgina bo\u2018lsa ham shubha, nimadir noto\u2018g\u2018ri ketayotgandek hissiyot yoki sizni chalg\u2018itishga urinish bor degan taassurot paydo bo\u2018lsa, baholashning to\u2018g\u2018riligini tashrif davomidayoq tekshirishingiz mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Quyida narx eng ko\u2018p pasaytiriladigan 4 ta asosiy bosqichni ko\u2018rib chiqamiz va har bir vaziyatda qanday yo\u2018l tutish kerakligini tushuntiramiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>1-bosqich: Tarozi va tortish aniqligini tekshirish<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Baholash har doim tarozidan boshlanadi. Rasmiy tashkilotlarda xatolik darajasi 0,01 grammdan oshmaydigan yuqori aniqlikdagi elektron zargarlik tarozilaridan foydalaniladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Nimalarga e\u2019tibor berish kerak?<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">1. Tarozining elektron ekrani to\u2018liq siz tomonga qaratilgan bo\u2018lishi kerak.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2. Tarozida tekshiruv plombasi bo\u2018lishi kerak. Bu uskuna davlat tekshiruvidan o\u2018tganini tasdiqlovchi stiker yoki maxsus belgi bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Nima shubha uyg\u2018otishi kerak?<br>Agar ekran xodim tomonga qaratilgan, peshtaxta, reklama yoki to\u2018siq bilan yopilgan bo\u2018lsa.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qanday yo\u2018l tutish kerak?<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Muloyimlik bilan shunday deng:<br>\u00abIltimos, ekranni menga qarating, vaznni ko\u2018rib turmoqchiman\u00bb.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Agar bunga \u00abichki qoidalar\u00bbni bahona qilib qat\u2019iy rad javobi berishsa yoki sizni shoshira boshlashsa, taqinchoqni darhol qaytarib olib, u yerdan chiqib keting.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\ud83d\udca1 Aytgancha, buyumni \u00abko\u2018z bilan\u00bb baholash yoki baholovchining tillangizni boshqa xonaga olib kirib ketishi \u2014 eng ko\u2018p uchraydigan aldov usullaridan biridir<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Norasmiy nuqtalarda uchraydigan boshqa yashirin usullar haqida ushbu maqolamizda batafsil o'qing <em>\u00ab<a href=\"https:\/\/kristalkredit.uz\/uz\/news\/5-%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%b7%d0%bd%d0%b0%d0%ba%d0%be%d0%b2-%d0%bc%d0%be%d1%88%d0%b5%d0%bd%d0%bd%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%b8-%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%b4%d0%b0%d0%b6%d0%b5\/\">Tilla sotish va garovga qo\u2018yishda firibgarlikning 5 ta belgis<\/a>\u00bb<\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>2-bosqich: Metallni tekshirish va reaktivlardan foydalanish<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Baholovchi buyum haqiqiy tilla ekanini, uning o\u2018rniga tilla suvi yuritilgan latun yoki volfram emasligini aniqlash uchun tezkor tekshiruv o\u2018tkazadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Buning uchun odatda uzukning ichki qismida yoki zanjir qulfida egov yordamida juda kichik tirnalish qilinadi. Shundan so\u2018ng metallning asosiy qatlamiga maxsus kimyoviy reaktiv tomiziladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Aniqlashtiruvchi savollar berishdan tortinmang:<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>\u00abHozir qaysi reaktivdan foydalanyapsiz?\u00bb<\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>\u00abBu eritma qaysi proba uchun mo\u2018ljallangan?\u00bb<\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><em>\u00abAgar proba ko\u2018rsatilgan qiymatga mos bo\u2018lsa, rang qanday o\u2018zgarishi kerak?\u00bb<\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mutaxassis qanday javob beradi:<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Tajribali baholovchi 585-proba uchun bir tarkibdagi, masalan, azot kislotasi asosidagi reaktiv, 750-proba uchun esa boshqa tarkib ishlatilishini xotirjam tushuntiradi va reaksiyani sizga ko\u2018rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Agar tilla haqiqiy bo\u2018lsa, tirnalgan joyning rangi o\u2018zgarmaydi yoki oldindan ma\u2019lum bo\u2018lgan reaksiyani beradi. Agar xodim savollarga javob bermasa, asabiylashsa yoki atamalarni chalkashtirsa, u yetarli tajribaga ega bo\u2018lmagan xodim yoki norasmiy vositachi bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Proba belgisi, ligatura hamda oq, qizil va sariq tillaning farqlarini yaxshiroq tushunmoqchimisiz?<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Unda ushbu maqolamizni o\u2018qing: <em>\u00ab<a href=\"https:\/\/kristalkredit.uz\/uz\/news\/gold-sample-and-color-what-do-numbers-and-shades-mean\/\">Tilla probasi va rangi: raqamlar hamda jilolar nimani anglatadi?<\/a>\u00bb<\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>3-bosqich: Qiymat va kredit foizlarini hisoblash<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bir gramm uchun narx \u2014 yagona muhim ko\u2018rsatkich emas. Hozir qancha pul olishingiz va muddat yakunida qancha mablag\u2018 qaytarishingiz kerakligini ham aniq bilishingiz lozim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Baholovchidan so\u2018rang:<br>\u00abBarcha foizlarni hisobga olganda, muddat oxirida qaytarishim kerak bo\u2018lgan aniq summa qancha bo\u2018ladi?\u00bb<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Sizga \u00abunchalik ko\u2018p emas\u00bb kabi mavhum javoblar emas, so\u2018mdagi aniq raqam aytilishi kerak.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Shartlarning ochiqligi:<\/strong><br>Barcha shartlar, kunlik va yillik foiz stavkalari, shuningdek muddat yakunida qaytariladigan umumiy summa mikrokredit shartnomasi yoki garov chiptasida aniq ko\u2018rsatilishi kerak. Og\u2018zaki va\u2019dalar yoki alohida qog\u2018ozdagi mayda yozuvlar bilan cheklanib qolmaslik lozim.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Taqinchoqlaringiz uchun qancha mablag\u2018 olishingiz va ortiqcha to\u2018lov miqdorini oldindan hisoblamoqchimisiz?<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Saytimizning bosh sahifasidagi onlayn kalkulyatordan foydalaning  \u2014 <a href=\"https:\/\/kristalkredit.uz\/uz\/\">kristalkredit.uz<\/a>. Hisoblash bir daqiqadan kam vaqt oladi, har bir proba bo\u2018yicha bir gramm tillaning amaldagi narxini ko\u2018rsatadi va kutilmagan xarajatlardan saqlanishga yordam beradi<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>4-bosqich: Qimmatbaho toshlar va tillaning sof vazni<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Agar taqinchoqda toshlar bo\u2018lsa, qiymat faqat tillaning sof vazni asosida hisoblanishi kerak.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qanday bo\u2018lishi kerak: Baholovchi qo\u2018shimcha qismlar va toshlarning vaznini aniq hisoblab, ularni buyumdan olib tashlamasdan umumiy vazndan ayiradi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qanday bo\u2018lmasligi kerak: Baholovchi \u00abtoshlar va kir uchun\u00bb deb, taxminan 1\u20132 grammni umumiy vazndan ayirib tashlamasligi kerak. Bu to\u2018lov summasini asossiz ravishda kamaytirish usulidir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>\u0422o\u2018g\u2018ri baholashning asosiy qoidasi<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kristal Kredit\u2019da baholash faqat sizning huzuringizda, sertifikatlangan uskunalarda va rasmiy shartnoma rasmiylashtirilgan holda amalga oshiriladi. Siz tarozidagi vaznni doimo ko\u2018rib turasiz, baholovchining har bir harakatini tushunasiz va qaytarilishi kerak bo\u2018lgan aniq summani oldindan bilasiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Savol bering, raqamlarni tekshiring va qimmatbaho buyumlaringizni faqat ishonchli moliyaviy tashkilotlarga topshiring.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u0421\u0434\u0430\u0447\u0430 \u0437\u043e\u043b\u043e\u0442\u0430 \u0438\u043b\u0438 \u043e\u0444\u043e\u0440\u043c\u043b\u0435\u043d\u0438\u0435 \u043c\u0438\u043a\u0440\u043e\u043a\u0440\u0435\u0434\u0438\u0442\u0430 \u043f\u043e\u0434 \u0437\u0430\u043b\u043e\u0433 \u0443\u043a\u0440\u0430\u0448\u0435\u043d\u0438\u0439 \u2014 \u044d\u0442\u043e \u0432\u0441\u0435\u0433\u0434\u0430 \u0444\u0438\u043d\u0430\u043d\u0441\u043e\u0432\u0430\u044f \u0441\u0434\u0435\u043b\u043a\u0430, \u0432 \u043a\u043e\u0442\u043e\u0440\u043e\u0439 \u043d\u0435\u043b\u044c\u0437\u044f \u043f\u043e\u043b\u0430\u0433\u0430\u0442\u044c\u0441\u044f \u0442\u043e\u043b\u044c\u043a\u043e \u043d\u0430 \u0432\u0435\u0436\u043b\u0438\u0432\u043e\u0441\u0442\u044c \u0441\u043e\u0442\u0440\u0443\u0434\u043d\u0438\u043a\u0430 \u0438\u043b\u0438 \u043a\u0440\u0430\u0441\u0438\u0432\u0443\u044e \u0432\u044b\u0432\u0435\u0441\u043a\u0443. \u0415\u0441\u043b\u0438 \u0443 \u0432\u0430\u0441 \u0432\u043e\u0437\u043d\u0438\u043a\u043b\u043e \u0445\u043e\u0442\u044f \u0431\u044b \u043c\u0430\u043b\u0435\u0439\u0448\u0435\u0435 \u0441\u043e\u043c\u043d\u0435\u043d\u0438\u0435, \u043e\u0449\u0443\u0449\u0435\u043d\u0438\u0435 \u043f\u043e\u0434\u0432\u043e\u0445\u0430 \u0438\u043b\u0438 \u0447\u0443\u0432\u0441\u0442\u0432\u043e, \u0447\u0442\u043e \u0432\u0430\u0441 \u043f\u044b\u0442\u0430\u044e\u0442\u0441\u044f \u0437\u0430\u043f\u0443\u0442\u0430\u0442\u044c \u2014 \u043f\u0440\u043e\u0432\u0435\u0440\u0438\u0442\u044c \u0434\u043e\u0441\u0442\u043e\u0432\u0435\u0440\u043d\u043e\u0441\u0442\u044c \u043e\u0446\u0435\u043d\u043a\u0438 \u043c\u043e\u0436\u043d\u043e \u043f\u0440\u044f\u043c\u043e \u0432\u043e \u0432\u0440\u0435\u043c\u044f \u0432\u0438\u0437\u0438\u0442\u0430. \u0420\u0430\u0437\u0431\u0438\u0440\u0430\u0435\u043c 4 \u043a\u043b\u044e\u0447\u0435\u0432\u044b\u0445 \u044d\u0442\u0430\u043f\u0430, \u043d\u0430 \u043a\u043e\u0442\u043e\u0440\u044b\u0445 [&hellip;]<\/p>","protected":false},"featured_media":702,"template":"","news_category":[],"class_list":["post-700","news","type-news","status-publish","has-post-thumbnail","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kristalkredit.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/news\/700","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kristalkredit.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/news"}],"about":[{"href":"https:\/\/kristalkredit.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/news"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/kristalkredit.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/news\/700\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":704,"href":"https:\/\/kristalkredit.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/news\/700\/revisions\/704"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kristalkredit.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/702"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kristalkredit.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=700"}],"wp:term":[{"taxonomy":"news_category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kristalkredit.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/news_category?post=700"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}